Ter Shtegen: "Barselona" o'zi istagan o'yinni ko'rsata olmadi"

Mirjalol Normatov
5 noya 2023, 15:52
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen LaLiga doirasida "Real Sosedad" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Og'ir bahs bo'ldi. "Barselona" o'zi istagan o'yinni ko'rsata olmadi, ammo uch ochko olganimizdan xursandman. O'yin teng kurashlar ostida kechdi, omad biz tomonda bo'lmagani uchun g'alaba qozonishga qiynaldik. Uyga yaxshi kayfiyatda qaytadigan bo'ldik", - dedi germaniyalik posbon.

23-tur yakunlariga ko'ra, "Barselona" 27 ochko jamg'argan holda LaLiga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo