Teo Uolkott: “Arsenal”ni bunday tark etaman deb o'ylamagandim

20 yanv 2018, 07:44
“Everton”ning yangi a'zosi “Arsenal”ni tark etishi borasidagi fikrlar izoh berdi.

Futbolchining aytishicha, u “Arsenal”dan boshqacha xayrlashuvni kutgan va jamoa bilan yaxshi xayrlasha olmaganidan afsusda.

“Hech kim rasman mening transferim haqida bilmasdi. Shu boisdan ham klubga kechqurun keldim. Atrofda faqat bir nechta qo'riqchi bor edi. Butsilarimni axlat qutisiga tashladim va bo'ldi... Odamlar transferni bu darajada tez rivojlanganidan hayron bo'ldi. Men shunchaki narsalarimni yig'ishtirishga majbur bo'ldim”, - deydi Uolkott.

O'xshash yangiliklar


Manba: Independent