Teo Ernandes Millatlar ligasidagi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
19 sen 2022
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes Millatlar ligasi doirasidagi sentyabr oyida bo'ladigan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy sahifasi xabar bermoqda. 24 yoshli fulbekning mushaklarida jarohat aniqlangan. Ernandes shu sababli terma qarorgohini tark etgan. Uning o'rnini "Aston Villa" himoyachisi Lyuka Din egallaydi.

Fransiya termasi yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida Avstriya (22 sentyabr) hamda Daniya (25 sentyabr) termalari bilan o'ynaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fff.fr