

Jurnalist Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, ten Xag Krishtianuning bunday bayonotlar berishini kutmagandi. Oldinroq niderlandiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan shoshilinch yig'ilish o'tkazib, Ronalduning kelajagi haqida qaror qabul qilishi borasida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu yozda "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi edi, biroq futbolchiga xaridor topilmadi. Endi qishki transfer oynasida portugaliyalik hujumchining klubdan kyetish ehtimoli ortadi.



