

"Reshford bilan shartnomani uzaytirish asosiy maqsadlarimizdan biri. Bu borada qattiq ishlayapmiz. Albatta, Markusning jamoada qolishini istaymiz", - dedi mutaxassis Fabricio Romanoga.
25 yoshli futbolchi bilan MYUning shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda forvard 23 o'yinda 12 gol va 3 assist qayd etdi.



