

“Ronaldu formaga qaytayotganidan xursandman. Ishonchim komilki, u jamoa o'yiniga katta hissa qo'shadi. Har qanday futbolchi mavsumoldi tayyorgarlikni o'tkazib yuborgach, qiyinchiliklarga duch kelishiga Ronaldu misol bo'la oladi", - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 13 oktyabr, payshanba kuni “Manchester Yunayted” Yevropa ligasi doirasida “Omoniya”ga qarshi o'yin o'tkazadi.



