Temurxo'ja "Andijon" bilan o'yinni qanday o'tkazdi? (11ta FOTO)

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016, 09:20
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" bahsida Temurxo'ja Abduxoliqov ikki bor to'p kiritib, jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

U 80, 87-daqiqalarda gol urishga erishdi. O'yindan so'ng Temurxo'janing o'z fikrini quyidagicha bayon etdi:

- Ketma-ket ikkinchi uchrashuvni safarda, vodiy klubiga qarshi o'tkazdik. "Navbahor" bilan bo'lgan o'yindagi kabi "Andijon"ga qarshi bahs ham murakkab kechdi. Ham omad biz tomonda bo'ldi, ham yaxshi o'yin ko'rsatib g'alaba qozondik deb o'ylayman. O'yinda ikkita gol urganimdan xursandman, buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Endi bo'lsa bor e'tiborni Eronda bo'ladigan "Sepaxon" bilan o'yinga qaratamiz.

Xo'sh, Temurxo'ja Abduxoliqov uchun bu bahs qanday kechdi? Buni Abduxoliqovning raqamiga mos ravishda quyidagi 11ta foto orqali yoritib berishga harakat qilamiz.

1. U stadionga bamaylixotir chiqib keldi


2. O'yinga tayyorligini bildirdi


3. Jamoadoshlari bilan esdalik suratga tushdi


4. Keyin o'yinga kirishib ketdi


5. Bir vaziyatda jarohat oldi


6. Shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishdi


7. Bugun gol urarmikinman degan xayolga bordi


8. Raqib darvozasi tomon tez-tez qarab qo'ydi


9. Nihoyatda 80-daqiqada birinchi golini urdi


10. Bu hali birinchisi dedi


11. Ikkinchi golini Server Jeparov bilan nishonladi

"Lokomotiv" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia