Temurxo'ja Abduxoliqovning keyingi taqdiriga oydinlik kiritildi

Narzulla Saydullayev
29 dek 2016, 12:09
2016 yilgi oliy ligada 22ta gol urib chempionat to'purariga aylangan Temurxo'ja Abduxoliqov keyingi mavsum qaysi klubda o'ynashi borasida qaror qabul qildi.

Abduxoliqovning oldida xorijiy klublardan takliflar bor edi. O'z navbatida "Lokomotiv" o'z hujumchisi bilan xayrlashishni istamayotgandi. Har tomonlama o'ylab ko'rgan Temurxo'ja yakuniy qarorga keldi: 2017 yilgi mavsumni ham "Lokomotiv" safida o'tkazadi.

Kuni kecha klub matbuot xizmati futbolchi klub bilan shartnomani bir yilga uzaytirgani haqida xabar berdi. Shunday qilib, Abduxoliqov boshqa takliflarni qabul qilmadi va yangi yilda ham "temiryo'lchilar"ga yordam berishga qaror qildi. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.

"Do'ppi-2016": Oliy liganing eng yaxshi futbolchisi - Temurxo'ja Abduxoliqov

Temurxo'ja Abduxoliqovga "Do'ppi-2016" diplomi topshirildi FOTO

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Eng yaxshi bo'lishimda jamoadoshlarimning xissasi katta"

VIDEO. Temurxo'ja Abduxoliqovning 2016 yilda urgan gollari

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Malayziya klubidan taklif bo'lgani rost"

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia