Temurxo'ja Abduxoliqov legionerga aylandi

Mirjalol Normatov
30 sen 2019, 16:35
Hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.

2015-2016 yilda "Lokomotiv" tarkibida harakat qilib, keyinchalik 2018 yilda yana bir bor jamoaga qaytgan Temurxo'ja Abduxoliqov BAAning "Xorfakkan" jamoasiga o'tdi.

Shu vaqt mobaynida hujumchimiz jamoamiz tarkibida barcha turnirlarda umumiy 120 uchrashuvda maydonga tushdi va 64 gol kiritdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

BAA Pro-ligasi debyutanti hisoblangan jamoa ushbu mavsum chempionatning 2 o'yinida 1 ochko to'plagan.

Temurxo'ja Abduxoliqovning statistikasi

2011-2013 "Paxtakor" 64 o'yin, 22 gol

2014/2015 "Xayduk" (Xorvatiya) 10 o'yin, 1 gol

2015-2016 "Lokomotiv" 50 o'yin, 30 gol

2017/2018 "Al Sayliya" (Qatar) 33 o'yin, 17 gol

2018-2019 "Lokomotiv" 37 o'yin, 17 gol

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz