

Ushbu uchrashuv oldidan “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Temurxo'ja Abduholiqov fikr bildirdi.
- “Andijon” klubi yaxshi jamoa. Ko'rgan bo'lsangiz “Paxtakor” klubini mag'lubiyatga uchratib kerakli ochkoni qo'lga kiritdi. Ularda ham kuchli futbolchilar va legionerlar jamlangan. Boshqa jamoalarga qanday tayyorgarlik ko'rsak ushbu uchrashuvga ham xuddi shunday tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarimizni g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduholiqov.


