Temur Kapadze: Yangi yil O'zbekiston terma jamoasi uchun ham omadli kelishini niyat qilaman

Narzulla Saydullayev
31 dek 2017, 18:40
Qadrli futbol muxlislari, mana sekin-asta 2017 yil ham yakunlanib bormoqda. Bir necha soatdan so'ng yangi – 2018 yil kirib keladi.

“Lokomotiv” futbol klubi vakillari Yangi Yil bayrami munosabati bilan siz – aziz ishqibozlarga bayram tabriklari tayyorlashdi. Jumladan, jamoamizning mamlakat chempionligi va kubogini qo'lga kiritishida ulkan xissa qo'shgan va bu mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlagan – Temur Kapadze quyidagicha bayram tabrigini yo'lladi.

- Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni yangi kirib kelayotgan – 2018 yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Eski yilda amalga oshmagan ishlari yangi yilda amalga oshishini tilab qolaman. 2017 yil “Lokomotiv” klubi uchun juda ham omadli keldi. Yangi 2018 yil bundan ham omadli kelsin.  Bizning g'alabalarimiz – bu muxlislarning g'alabasi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin. Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bor kirib kelayotgan Yangi Yil bilan chin qalbimdan tabriklayman”, - deydi  Temur Kapadze.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz