Temur Kapadze Qozog'istonda iyun oyining "Olmos" kubogi sohibi bo'ldi!

11 iyul 2013, 09:03
Har oyda sports.kz internet nashri varianti bo'yicha Qozog'istonda murabbiy va futbolchilar o'rtasida oyning eng yaxshi futbolchilari uchun tasis etilgan "Olmos" kubogi uchun tanlov o'tkazib kelinadi.
Biz uchun ahamiyatlisi ushbu sovrinning iyun oyidagi egasi terma jamoamiz yarim himoyachisi Temur Kapadze qo'lga kiritganligi bo'ldi.

Qozog'iston premer-ligasidagi murabbiylar va futbolchilar tanloviga ko'ra ular o'z nomzodlari ko'rsatilgan uchtadan futbolchini taqdim etadi. 1-o'ringa 3 ochko, 2-o'ringa 2 ochko, 3-o'ringa 1 ochko taqdim etiladi. Ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha eng ko'p ochko jamg'argan futbolchiga oyning eng yaxshi futbolchisi uchun tasis etilgan "Olmos" kubogi taqdim etiladi. Shundan so'ng yil oxiriga barcha ochkolar umumiy hisoblanib yil futbolchisi aniqlab olinadi. Aytib o'tish kerakki 2011 va 2012 yilda ushbu sovrin ham aynan terma jamoamiz hujumchisi Ulug'bek Boqoevga nasib etgan edi.

"Temur ushbu oyda "Aktobe" safida eng muhim uchrashuvda dubl qayd etib "Astana" ustidan g'alabani taqdim etdi. Undan tashqari butun mavsumni yaxshi o'tkaza oldi. 18 iyun kuni terma jamoasi bilan Qatar ustidan g'alaba qozondi. Mamlakat kubogida esa kiritgan goli jamoasini yarim finalga olib chiqdi", deya aytib o'tadi sports.kz saytida.

Kopadze 16 ochko bilan yaqqol peshqadam bo'lib olgan bo'lsa, undan so'ng 12 ochko bilan "Shaxtyor" ning belaruslik hujumchisi Igor Zenkovich ikkinchi o'rinni band etdi. Uchinchi o'rin esa xorvatiyalik hujumchi Edin Yunuzovichga nasib etgan.

Undan tashqari ushbu nomzodlar orasida "Jetisu" klubidan Shavkat Salomov ham kiritilgan bo'lib, u to'rtinichi pog'onada qayd etildi. Aleksandr Geynrix esa sakkizinchi pog'onadan o'rin oldi.

Ushbu so'rovnomada natijalari bilan tanishing: Kim kimga ovoz berdi.


Aktobe
Vladimir Nikitenko - Karpovich, Zenkovich, Sissey
Robert Arzumanyan - Sidelnikov, Kapadze, Ketevoama
Astana
Miroslav Beranek - Primus, Sidelnikov, Klimavichyus
Kirill Pasichnik - Zelao, Primus, Zenkovich
Shaxtyor
Viktor Kumikov - Ashirbekov, Salomov, Primus
Evgeniy Tarasov - Konisbaev, Zenkovich, Tajimbetov
Kayrat
Vladimir Vayss -
Samat Smakov - Xayrullin, Jumaskaliev, Daff
Ordabasi
Viktor Pasulko - Kapadze, Primus, Sissey
Andrey Karpovich - Yunuzovich, Ashirbekov, Geynrix
Irtish
Talgat Baysufinov - Knejevich, Salomov, Yunuzovich
Vladislav Chernishov - Jumaskaliev, Geynrix, Sidelnikov
Tobol
Timur Urazov - Volkov, Geynrix, Nuserbaev
Almat Bekbaev - Yunuzovich, Zenkovich, Krasich
Vostok
Vladimir Fomichyov - Krasich, Kapadze, Primus
Ilya Bayteryakov - Zenkovich, Erich, Jumaskaliev
Atirau
Miodrag Radulovich - Kapadze, Tajimbetov, Tagibergen
Valentin Chureev - Kapadze, Ketevoama, Nuribekov
Jetisu
Omari Tetradze - Djalovich, Salomov, Klimavichyus
Murat Tleshev - Salomov, Yunuzovich, Sidelnikov
Taraz
Arno Paypers - Karpovich, -, -
Aleksandr Kuchma - Shlivich, Diakate, Sidelnikov
Akjayik
Artur Avakyanc - Kapadze, Geynrix, Loriya
Evgeniy Kostrub - Yurin, Zenkovich, Jumaskaliev

Umumiy natijaga ko'ra Temur to'rt martta birinchi o'ringa loyiq ko'rilgan bo'lsa, ikki marta ikkinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

1. Kopadze Timur (O'zbekiston) Aktobe - 16 (4,2,-)
2. Zenkovich Igor (Belarus) Shaxtyor - 12 (1,4,1)
3. Yunuzovich Edin (Xorvatiya) Ordabasi - 9 (2,1,1)
4. Salomov Shavkat (O'zbekiston) Jetisu - 9 (1,3,-)
5. Primus Robert (Trinidad va Tobago) Aktobe - 9 (1,2,2)
6. Sidelnikov Andrey Aktobe - 8 (1,1,3)
7. Jumaskaliev Nurbol Tobol - 7 (1,1,2)
8. Geynrix Aleksandr (O'zbekiston) Aktobe - 7 (-,3,1)
9. Karpovich Andrey Ordabasi - 6 (2,-,-)
10. Ashirbekov Kayrat Ordabasi - 5 (1,1,-)
11. Krasich Ognen (Serbiya) Tobol - 4 (1,-,1)
12-19. Zelao (Braziliya) Astana - 3 (1,-,-)
12-19. Konisbaev Ulan Astana - 3 (1,-,-)
12-19. Xayrullin Marat Aktobe - 3 (1,-,-)
12-19. Volkov Vitaliy Tobol - 3 (1,-,-)
12-19. Djalovich Marko (Serbiya) Jetisu - 3 (1,-,-)
12-19. Shlivich Nenad (Serbiya) Tobol - 3 (1,-,-)
12-19. Yurin Igor Irtish - 3 (1,-,-)
12-19. Knejevich Yosip (Xorvatiya) Kayrat - 3 (1,-,-)
20-21. Ketevoama Foksi (CAR) Astana - 3 (-,1,1)
20-21. Tajimbetov Daurenbek Shaxtyor - 3 (-,1,1)
22-23. Erich Nenad (Serbiya) Astana - 2 (-,1,-)
22-23. Diakate Abdullai (Senegal) Taraz - 2 (-,1,-)
24-25. Sissey Momadu (Gambiya) Kayrat - 2 (-,-,2)
24-25. Klimavichyus Arunas (Litva) Jetisu - 2 (-,-,2)
26-30. Daff Styuart Maklaren (Shotlandiya) Kayrat - 1 (-,-,1)
26-30. Nuserbaev Tanat Astana - 1 (-,-,1)
26-30. Tagibergen Asxat Aktobe - 1 (-,-,1)
26-30. Nuribekov Aybar Atirau - 1 (-,-,1)
26-30. Loriya David Kayrat - 1 (-,-,1).


Manba: championat.asia