Tchuamenining "Real" bilan shartnoma imzolash sanasi aniq bo'ldi

Оқил Абдубарноев
10 iyun 2022, 20:44
Orelen Tchuameni tez orada "Real" futbolchisiga aylanadi.

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, "Monako" yarim himoyachisi "Real Madrid" safida tibbiy ko'rikning yakuniy qismidan o'tadi va 13 iyun sanasida bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi doirasidagi Fransiya - Xorvatiya uchrashuvidan so'ng darhol Madrid klubi bilan shartnoma imzolaydi. 

"Real" va "Monako" transfer uchun barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishgan.

22 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Monako" safida 50 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano