Tchuameni: "Mbappe dunyoning eng yaxshi klubida o'ynashi kerak"

Mirjalol Normatov
24 sen 2023, 10:35
"Real" futbolchisi Orelen Tchuameni PSJdagi terma jamoadoshi Kilian Mbappe bilan klubda ham jamoadosh bo'lmoqchi.

24 yoshli Mbappe PSJ bilan ushbu mavsumdan keyin yakunlanadigan shartnomasini uzaytirgani yo'q. Ayni damda unga "Real" jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

"Mbappe bu erga kelishini istardim. Dunyoning eng yaxshi futbolchilari doimo eng yaxshi klubda o'ynashi kerak. Kilian esa shunday futbolchilardan biri. Uni bu yerda ko'rishdan xursand bo'lardim", - dedi "qaymoqranglilar"ning 23 yoshli futbolchisi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana