"Tarkibni turnirlarga qarab tuzmayman". Ten Xag Ronaldu va APL haqidagi savolga javob berdi

Aziz Tukhtamuradov
29 okt 2022, 09:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduning APL o'yinlarida asosiy tarkibda tushish haqidagi savolga javob qaytardi.

"Tarkibni turnirlarga qarab tuzmayman. Menda Evrokubok uchun alohida, APL uchun alohida tarkib yo'q. Shunchaki raqibni ko'raman va ularga qarshi bizga nima kerakligini baholayman. Hozir asosiy e'tiborni "Vest Xem"ga qaratganman. Yaqin orada asosiy tarkibni tanlab olaman. 

Ushbu o'yinda g'alaba qozonish uchun bizda A va B reja bo'lishi kerak. Bizni faqatgina g'alaba qoziqtiradi. Buning uchun MYUga nafaqat 11 nafar futbolchi, balki butun tarkib kerak", - dedi ten Xag. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.com