Taniqli nemis mutaxassisi Inesta jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi

Alisher
8 iyun 2019, 17:45
Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

"Vissel Kobe"da bir vaqtning o'zida ajoyib futbol yulduzlari harakat qilishmoqda. Bular David Vilya, Andres Inesta va Lukas Podolskilardir. Endi esa bosh murabbiylik rolida ham taniqli mutaxassis ko'rinish beradi.

51 yoshli Torsten Fink jamoani boshqaradi. U bundan oldin "Grassxopper", "Bazel", "Austriya" va "Gamburg" jamoalarini boshqargan.

"Vissel Kobe" ayni vaqtda turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: japantimes.co.jp