Tangi Ndombele uchun kurashda "Yuventus" va "Inter" favorit hisoblanadi

Omonjon To`xtamirzayev
7 fev 2019, 18:05
Fransiya termasining markaziy yarim himoyachisi yozda A Seriyaga o'tishi mumkin.

"Yuventus" va "Inter" jamoalari "Lion" xavbeki Tangi Ndombeleni sotib olish uchun kechayotgan kurashda favorit hisoblanadi, deb xabar berdi "Le10Sport" nashri. Avvalroq "Real", "Barselona", "Tottenxem" va "Manchester Siti" futbolchiga qiziqish bildirgandi. "Shaharliklar" o'tgan yil oxirida aniq taklif bilan chiqishdi. Ammo Fransiya klubi 51,1 million evroga rozi bo'lmadi.

22 yoshli Ndombele 2018 yil yozda "Amen"dan 8 million evro evaziga "Lion"ga o'tgandi. Undan bir yil oldin "olimpiyachilar" yarim himoyachini ijaraga olgan. Joriy mavsumda futbolchi 31 uchrashuvda ishtirok etib, 2ta gol urdi va 5ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia