Tandir va qirg'izistonlik darvozabon AGMK safida

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018
AGMK tarkibiga yana ikki nafar legioner kelib qo'shildi.

Kecha jamoaga kelib qo'shilgan bosniyalik hujumchi Ismar Tandir futbolchilarga tanishtirildi.

Ismar Tandir 1995 yil Germaniyaning Frankfurt shahrida tavallud topgan. Hozirda Bosniya va Gertsegovina fuqarosi bo'lgan forvard 2017 yilgi mavsumda Tuzla shahrining "Sloboda" jamoasi sharafini himoya qilgan.

Kechki mashg'ulotlarga esa Qirg'iziston terma jamoasi darvozaboni Pavel Matyash jamoa tarkibida shug'ullana boshladi.

2017 yil Maldiv chempionatida g'olib bo'lgan posbon AGMKda darvozabonlar o'rtasida raqobatni oshirish maqsadida taklif etildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz