Takumi Minamino: "Orzuim ushaldi"

Alisher
19 dek 2019
"Zalcburg"ning sobiq hujumchisi Takumi Minamino "Liverpul"ga o'tganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Liverpul" futbolchisi bo'lishdek orzuim ushaldi. APLda o'ynash - hayotimdagi bosh maqsadlarimdan biri edi. Men APLni dunyodagi eng kuchli chempionat deb hisoblayman.

Bir kun kelib shu erda o'ynayman deb umid qilgandim, lekin bunday jamoa safida o'ynash hayolimga ham kelmagan. Endilikda men chempionatni va Chempionlar Ligasini yutishni xohlayman", - deydi Minamino.

Rasman: Minamino - "Liverpul" futbolchisi! 


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com