Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi: "Bu erga yetib kelgan barcha jamoa kuchli va tartibli o'yin namoyish etadi"

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2022, 13:12
Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo Kubogining 1-turidan o'rin olgan Tailand - Vetnam uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Tailand U-23 termasi bosh murabbiyi Vorravut Shrimaka va jamoa sardori Kritsada Kaman qatnashdi.

- Musobaqaga tayyorgarlik qanday kechdi?

- Bizning jamoa shakllangan holda yetib kelgan, dastlabki o'yinga yuz foiz tayyormiz. Imkonimiz boricha chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Sizningcha, dastlabki uyin qanchalik muhim ahamiyatga ega va shogirdlaringizning o'yinga tayyorgarligi qay darajada?

- Bu uyin biz uchun juda muhim, sababi musobaqani uch ochko olgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlab olish zarur va bunga mening jamoam tayyor.

- Raqibingiz haqida qanday fikrdasiz?

- Vetnam jamoasi juda jiddiy raqib, ammo raqibga hurmat saqlagan holda shuni ayta olamanki, biz g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Guruhdagi raqiblaringiz potenciali haqida nima deya olasiz?

- Bu erga yetib kelgan barcha jamoa kuchli va tartibli o'yin namoyish etadi, ammo barchasi turlicha tayyorgarlik ko'rgan.

- Jamoangizning kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Ko'rib turganingizdek, jamoamizda mahalliy va legioner futbolchilar bor. Futbolchilarimiz Yevropaning top jamoalariga yo'l olib, u yerda 

asosiy tarkibda maydonga tushishini istayman.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia