Tachmurad Agamurodov "Dinamo"da ish boshladi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014
Samarqandning "Dinamo" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ldi.
Ikkinchi davraning dastlabki turlarida jamoani o'yinlarga Kamo Gazarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi tayyorlayotgandi.

Bugun "Dinamo" mashg'ulotlari Tachmurad Agamurodov boshchiligida o'tdi.

Katta ehtimol bilan 17-turdan o'rin olgan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda "Dinamo" bosh murabbiyi sifatida Agamurodov ishlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia