Suso jamoasini o'zgartirishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 17:40
Yarim himoyachi Suso "Milan"ni tark etishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, u borasidagi muzokaralar "Fiorentina" bilan davom etmoqda. Susoning shartnomasida tovon puli 40 million evro qilib belgilangandi. Ammo "Milan" o'z futbolchisini 32 million evroga sotishga tayyor turibdi.

"Fiorentina" esa yarim himoyachi uchun 30 million evrodan voz kechishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Suso 2015 yildan beri “Milan” sharafini himoya qiladi.

U o'tgan mavsum A Ceriyada 7 ta gol urib, 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport