
Har bir nihol quyoshga intilib, osmonga bo'y cho'zganidek futbolga qadam qo'ygan yoshlar ham yuksak cho'qqilarni zabt etishni orzu qiladi. Ularning bu boradagi intilishlarini qo'llab-quvvatlab turadigan kuch esa, sog'lom raqobat tuyg'usi bo'lib, u tengdoshlari erishayotgan g'alaba va yutuqlarni takrorlashni, kerak bo'lsa ulardan o'zib ketishni ham orzu qiladi. Istiqlol yillarida yoshlarimizning ilmli bo'lishi bilan birga sog'lom bo'lishiga alohida e'tibor berildi. Ularning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun yangidan yangi futbol zallari va maydonlar qurib berildi. Sog'lom ona-sog'lom bola, sog'lom jamiyat tizimi yaratildi. Ularning asosiy yo'nalishlaridan biri jismoniy sog'lomlikni taminlashdir. 2000 yili yangi tahrirdagi Jismoniy tarbiya va sport to'g'risidagi qonun qabul qilinishi.
Surxonga futbolni qaytaring yana!!!
(muxlis sheri)
Maydonlar ham qoldi mana huvillab,
Bu hayot bizlarni boshlar qay- yona?
Dardimiz tinglovchi bormikan hayhot?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Azaliy orzumiz shu bo'lib qoldi,
Umid qilaverib ko'zlar ham toldi.
Oliyda o'rnimiz nahot yo'qoldi?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Jonkuyar muxlislar bizda kammidi?
O'yinga maydonlar liq- to'lmasmidi?
U kunlar ham bizga, bir armonmidi?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Surxon singib ketti qaysi cho'llarga,
To'palang to'zg'idi yana qaylarga.
Nahot kimsa boqmas bizning voylarga?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Sho'rchining sho'riga sho'rva to'kilib,
U ham ketti bilmam, qayga yo'q bo'lib.
Birlashib, kengashib, bitta jon bo'lib!
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Boshqa qaytmaydimi Do'rmonovlar?
Tarixga aylangan yo- Bozorovlar.
Qalovini topsang yongay qirovlar,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Tokay biz havasda Qashqadaryoga?
Gulistoni qaytgan Sirli daryoga.
Bayram qilib endi Surxondaryoga,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Azaldan boy bu yurt istedodlarga,
Qachongacha o'ynar ular yot joyda?
Ko'tarib boshingiz yon- atroflarga,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Vohamiz taqdiri loqayd qo'llarda,
Vatan hissi yo'qmi nahot ularda?
Sabrning ham oxiri shuncha bo'larda?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Surxon o'ynar bo'lsa , quvonar edik,
Go'yoki ularmas, biz o'ynar edik.
Hayot tashvishlarini unutar edik,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Mayli kerak emas chempionligi,
O'ynab yursa bo'ldi, tinch- omonligi.
Ikki million xalqni sizdan o'tinchi,
Surxonga futbolni qaytaring yana!!!
Sirojiddin.
Surxonga futbolni qaytaring yana!!!
(muxlis sheri)
Maydonlar ham qoldi mana huvillab,
Bu hayot bizlarni boshlar qay- yona?
Dardimiz tinglovchi bormikan hayhot?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Azaliy orzumiz shu bo'lib qoldi,
Umid qilaverib ko'zlar ham toldi.
Oliyda o'rnimiz nahot yo'qoldi?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Jonkuyar muxlislar bizda kammidi?
O'yinga maydonlar liq- to'lmasmidi?
U kunlar ham bizga, bir armonmidi?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Surxon singib ketti qaysi cho'llarga,
To'palang to'zg'idi yana qaylarga.
Nahot kimsa boqmas bizning voylarga?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Sho'rchining sho'riga sho'rva to'kilib,
U ham ketti bilmam, qayga yo'q bo'lib.
Birlashib, kengashib, bitta jon bo'lib!
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Boshqa qaytmaydimi Do'rmonovlar?
Tarixga aylangan yo- Bozorovlar.
Qalovini topsang yongay qirovlar,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Tokay biz havasda Qashqadaryoga?
Gulistoni qaytgan Sirli daryoga.
Bayram qilib endi Surxondaryoga,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Azaldan boy bu yurt istedodlarga,
Qachongacha o'ynar ular yot joyda?
Ko'tarib boshingiz yon- atroflarga,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Vohamiz taqdiri loqayd qo'llarda,
Vatan hissi yo'qmi nahot ularda?
Sabrning ham oxiri shuncha bo'larda?
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Surxon o'ynar bo'lsa , quvonar edik,
Go'yoki ularmas, biz o'ynar edik.
Hayot tashvishlarini unutar edik,
Surxonga futbolni qaytaring yana!
Mayli kerak emas chempionligi,
O'ynab yursa bo'ldi, tinch- omonligi.
Ikki million xalqni sizdan o'tinchi,
Surxonga futbolni qaytaring yana!!!
Sirojiddin.