"Surxon" tez orada Turkiya yig'iniga jo'naydi

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2026
Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan "Surxon" futbol klubi a'zolari bugun tunda Antaliyaga yo'l oladi.

"Jamoamiz Belek shahridagi "Atlantis" mehmonxonasiga joylashadi. Yig'in dasturida bir qator nazorat uchrashuvlar o'tkaziladi. Shuningdek, jamoamiz tarkibiga ko'rik asosida yangi futbolshilar qo'shlishi mumkin", – deyiladi xabarda. 

Bosh murabbiy: Stanislav Kudryashov

Yordamchi murabbiy: Akmal Shoraxmedov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Doniyor Usmonov

Darvozabonlar murabbiy: Suleyman Axmedkarimov

Tahlilchi-murabbiy: Ilhom Rajabov

Tibbiy departament boshlig'i: Bahtiyor Mirsagatov

Uqalovchilar: Akmal Abdualiev, Evgeniy Lagutin

Mamur: Timur Sharipov

"Surxon" media ijodkorlari: Omil Xakimov, Sardor Kenjaev

Futbolchilar: Otabek Boymurodov, Davron Merganov, Sarvar Abduhamidov, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Javohir Juraev, Asadbek Karimov, Nodirxon Nematxonov, Diyor Ramozonov, Behzod Shamsiev, Behruz Shaydulov, Doston Tursunov, Jamaldin Xodjaniyazov, Kamronbek Yusupov, Behruz Shukurullaev, Farruh Qodirov, Sunnatilla Abdullajonov, Xumoyun Sherbo'taev, Tornike Dzebniauri, Toxir Ashurboev

Shuningdek, U-23 Osiyo Kubogi yakunlagach, jamoaga terma o'yinchisi Behruz Karimov qo'shiladi. Posbon Dilshod Yo'ldoshev jarohat tufayli mazkur yig'inni o'tkazib yuboradi. Ayni damda u reabilitaciya jarayonini o'tamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати