"Surxon" ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlikni boshladi

Aziz Tukhtamuradov
11 iyul 2017, 15:40
Termizning “Surxon” jamoasi davralar oralig'ida yuzaga kelgan ma'lum muddatlik tanaffusdan so'ng biroz xordiq chiqargan xolda, bugundan navbatdagi davra o'yinlariga tayyorgarlikni boshladi.

Jamoamiz a'zolari kecha klub qarorgohida yig'ildi va "Alpomish" stadionida tiklanish mashg'ulotlarini olib bordi.

Kechagi mashg'ulotlarda Ilhom Komilov, Mirjalol Qurbonov, Akmal Abduraxmonov, Jonibek Ko'chimov, Dilyaver Abibullaevlar ishtirok etmadilar. Ushbu futbolchilar ertadan mashg'ulotlarga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Nuriddin Hasanov Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi. Jamoaga Saidbek Xayitov Navoiyning “Qizilqum” jamoasidan kelib qo'shildi. Rejaga ko'ra, dastlabki bosqich o'quv-yig'in mashg'ulotlari Termizda o'tadi. Ma'lum muddatdan so'ng jamoa tog'li hududda tayyorgarlikni davom ettiradi.

Ushbu mashg'ulotlarda mahalliy futbolchilarni ham sinovdan o'tkazish rejalashtirilgan.


Surxon matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia