Surxon - Dinamo. Jamoalar qanday rangli formada o'ynashadi?

Narzulla Saydullayev
2 may 2018
Xabaringiz bor, bugun PRO-liganing 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Surxon o'z maydonida Dinamoni qabul qiladi.

Ushbu bellashuvdan avval Alpomish stadionining anjumanlar zalida ikkala klub rasmiylari ishtirokida miting o'tkazildi. Uchrashuv komissari har ikkala jamoa vakillariga uchrashuv davomida bo'ysunishi va amal qilishi kerak bo'lgan ishlar xususida tushunchalar berdi.

Bugun bo'lib o'tadigan o'yinda Surxon ananaviy libosiga aylanib borayotgan yashil libosda, Dinamo esa oq libosda harakat qiladi. Barcha futbol muxlislarni soat 18:00 da bo'lib o'tadigan Surxon - Dinamo uchrashuviga chorlab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати