"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Lopes: "Butun o'yin davomida ustunlik qildik"

Sherzod Nurmatov
24 mar 2022
"Surxon" bosh murabbiyi Anxel Peres Lopes Qozog'istonning "Qiron" klubiga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng (0:0) fikrlarini bildirdi.

"Biz bugun kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgae futbolchilarning xizmatlaridan foydalandik. Har bir futbolchi o'zini ko'rsatishga harakat qildi. 

Butun o'yin davomida ustunlik qildik. Ko'plab hujumlar va raqib hududida pressing uyushtirdik. Jamoamiz tajovvuzkor o'yin ko'rsata oladi va tarkibimiz ham kuchli. Qadam-baqadam optimal holatga kelamiz", – dedi "Surxon" ustozi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати