

Aleksandr Xomyakov - Andijon jamoasi bosh murabbiyi
Bilasizmi, men Mashaldan ketayotib jamoani Superligada kutishimni aytgandim. Nihoyat ular ham yana keyingi yil Superligada o'ynashadi. Bundan juda xursandman, jamoani chin qalbimdan tabriklayman. Ular keyingi yili juda yaxshi o'zgarishlar qilishlari va tomoshabop o'yin ko'rsatishlari aniq. Jamoaga chin qalbimdan omad tilayman.
Baxtiyor Sattarov - "Sherdor" jamoasi bosh murabbiyi
O'zbek futbolini yorqin alangasi va ustunlaridan biri bo'lgan PFK "MASH'AL" jamoasini Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan o'zim va jamoamiz nomidan tabriklayman! "Mashal"ning Superligada ishtiroki o'zbek futbolini yutug'i bo'ladi. O'ylaymanki, jamoa yana o'z mavqeini tez orada tiklab, O'zbekistonni turli yoshdagi terma jamoalariga munosib futbolchilar yetishtirishda davom etadi. Bu borada klubda tizim to'g'ri yo'lga qo'yilgan. U yerdagi rahbarlar haqiqiy futbol mutaxassislari, I. Qurbonov esa hozirgi kundagi futbol menejerlarini eng yaxshilaridan biri. "Mashal" kuchlilar safiga qaytganidan xursandmiz.
Humoyun Murtazoev - Nasaf futbol klubi
Ikki yil Mashal Superligadan chetda qoldi. Shu vaqt mobaynida Mashalni butun o'zbek futboli muxlislari yo'qlamagan va tilga olmagan kuni bo'lmadi hisob. Mana hozir men terma jamoa yig'iniga taklif etildim, tarkibga nazar solib qarasam Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov va o'zim bor ekanman. Bu katta natija va bunga osonlikcha erishilmagan. Chin qalbimdan Mashalni tabriklayman, og'ir mavsumda mardonavor kurashib chempion bo'lishdi. Chemionlik muborak bo'lsin do'stlarimizga!
Shahzod Ubaydullaev - Andijon futbol klubi
Nihoyat bu safar Mashal maqsadiga erishdi. Chempionlik muborak bo'lsin, bu g'alaba butun o'zbek futboliniki ular Mashalni ikki yil kutishdi. Menimcha bu yil Mashal Superligada kuchli jamoa bo'lib qaytadi. Klubdagi do'stlarimni va klub rahbariyatini yana bir bora tabriklayman.
Javohir Ilyosov - Lokomotiv futbol klubi
Avvalo Mashalni yana o'z joyiga qaytgani bilan tabriklayman. Bolalar juda katta mehnat qilishib mana yakunda chempion bo'lishdi. Men doim Mashal bilan birgaman. O'ylaymanki keyingi Superligada Mashal o'zini har tomonlama ko'rsatadi. Shuni alohida takidlagan bo'lardimki, Mashalga rahmat bizni shunday darajalarga etkazgan klub bo'ladi. Omad tilayman barcha barchalariga!
Jamoliddin Ubaydullaev - Buxoro futbol klubi
Avvalo men barcha Muboraklik futbol muhlislarini Mashalning ashaddiy fanatlarini jamoaning Superligaga chiqqani bilan samimiy qutlayman. Ochig'i men juda xursand bo'ldim jamoani yana yuqori elitaga qaytganidan. O'ylaymankiGazchilar Superligada super g'alabalarni qo'lga kiritishadi. Chempionlik muborak bo'lsin !
Sardor Abdurimov - Nasaf futbol klubi
Ikki yillik o'zbek futbolidagi yangiliklar Mashalsiz o'tdi. Bu esa baribir ko'pgina o'zbek futboli muhlislarini ranjitdi. Chempionlik bilan alohida tabriklayman. Muborak xalqiga yangi futbol bahori, yangi liga muborak bo'lsin!
Vohid Shodiev - Qizilqum futbol klubi
Ochig'i Mashal uchun juda xursandman, chunki bunday klubning joyi quyi ligada emas. Shu bois Mashalning Superligaga qaytishi nafaqat Muboraklik balki butun o'zbek futboli muxlislarini juda quvontirdi. Men chempionlik bilan sobiq jamoamni tabriklayman. Keyingi yil yangicha va o'zgacha Mashalni ko'ramiz degan umiddaman. Omad yor bo'lsin!
Zafar To'raev - Qo'qon-1912 futbol klubi
Ikki yil oldin Mashalni tark etgan bo'lsamda shu vaqt ichida doim Mashalni sog'inib sobiq jamoamni tezroq elitaga qaytishini hohladim. Har-bir bahsni kuzatib bordim nixoyat men va Mashal muhlislari orziqib kutgan kun keldi. Chempionlik va Superliga bilan Mashalchilarni tabriklayman!
Sanjar Quvvatov - Paxtakor futbol klubi
Keyingi yili Mashalga qarshi maydonga chiqamiz. Bu shaxsan men uchun qiziqarli. Muborakda shunday jamoa ikki yil PRO-Ligada yurdi. Ammo Muborakda futbol professional tarzda yo'lga qo'yilgani mana yana isbotini topdi. Superligaga chiqqani bilan sobiq jamoamni samimiy tabriklayman.
Shahzod Shaymanov - “Navbahor” futbol klubi
“Mashal” ni Superligaga qaytgani bilan tabriklayman. Navbahor da men bilan yana 4-5 nafar sobiq Mashalchilar bor ular ham Mashalning elitaga qaytganidan xursand. Chunki bu klubning o'zbek futboli oldida tutgan o'rni, mavqei bor. Klubning barcha xodimlari va Mashalni Superligaga yo'l olgani bilan qutlayman!



