Superliga. Tur o'yini - "Nasaf" - "Navbahor"

Tolibjon Qosimov
16 iyun 2020, 13:27
Uzoq tanaffusdan keyin qayta boshlangan Coca Cola Superligada 4-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Video Tezkor studiya: Kun o'yinlari tahlili, tur sensaciyasi hamda o'zbek futbolidagi muammoli tendenciya haqida Beg'amov va Koshelev fikrlari


Ortda qolgan 4-turning eng zo'r o'yini sifatida "Nasaf" - "Navbahor" bellashuvi topildi. Qarshidagi uchrashuvda 4ta gol, 2ta amalga oshirilmagan penalti, ko'plab hujumlar va keskin futbol ko'rdik. Mehmonlar ikki bor hisobda oldinga chiqib olganlariga qaramay, mezbonlar yakunda muvozanatni o'nglay olishdi. Bu bahs turning bezagi bo'ldi. Buning uchun har ikkala jamoa o'yinchilari va murabbiylariga rahmat. Mana shunday uchrashuvlar ko'paysa bundan muxlislar faqat xursand bo'lishadi.

Shu tariqa, Ro'ziqul Berdiev hamda Andrey Kanchelskis shogirdlari o'rtasidagi jangovar durangli bahs tur o'yini deb topildi.


Eslatib o'tamiz, 4-turdan keyin "Nasaf" 10 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olgan bo'lsa, "Navbahor" 5 ochko bilan 9-pog'onada bormoqda.


Video Superliga. Tur goli - Shahzod Ubaydullaev

O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia