Superliga. Tur futbolchisi - Shahzod Nurmatov

Tolibjon Qosimov
17 mar 2021, 15:48
Coca Cola Superligada 2-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 14-16 mart kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boryapmiz.

Superliga. Tur murabbiyi - Viktor Jalilov

Ortda qolgan 2-turning eng yaxshi futbolchisi deb "Metallurg" hujumchisi Shahzod Nurmatov topildi. Bir necha yildan so'ng yana Bekobod klubiga qaytgan Shahzodbek Nurmatov "Bunyodkor"ga qarshi bahsda ajoyib o'ynadi. Uchrashuv boshida Andreevning autdan tashlab bergan to'pini o'tkir burchakdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi va shedevr gol muallifiga aylandi. Bundan tashqari birinchi taymning o'zida Nurmatov jamoasi uchun penalti ham ishlab berdi. Biroq undan Andreev foydalana olmadi.

Shu tariqa, "Metallurg" hujumchisi Shahzod Nurmatov ikkinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia