Superliga. Tur darvozaboni - Islomjon Abdullaev

Tolibjon Qosimov
8 iyul 2020
Coca Cola Superligada 8-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boramiz.

Superliga. Sakkizinchi tur ramziy terma jamoasi


Ortda qolgan 8-turning eng yaxshi darvozaboni deb "Andijon" a'zosi Islomjon Abdullaevni topdik. "Burgutlar" Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'lishdi. Bellashuv davomida kiper uch marotaba jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Agar u bo'lmaganda andijonliklar mag'lubiyat alamini totishlari mumkin edi. Qizig'i, Abdullaev o'tgan turda ham laureat bo'lgandi.

Shu tariqa, bu turda chiroyli seyvlari bilan jamoasini bir nechta gollardan qutqarib qolgan Islomjon Abdullaev 8-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia