Superliga tarixidagi eng yirik hisob Bekobodda qayd etildi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 20:39
Xabaringiz bor, O'zbekiston chempionati 2018 yildan boshlab Superliga deb yuritilmoqda.

Ushbu mavsumdagi eng yirik hisob bugun Bekobodda qayd etildi. "Metallurg" o'z uyida "Paxtakor"ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bugunga qadar eng yirik natija 3:0 edi. 

"Metallurg" so'nggi bor o'z maydonida bir o'yinda beshta golni 2003 yilda aynan "Paxtakor" bilan o'yinda o'tkazgan ekan. O'shanda "Metallurg" Bekobodda 0:6 hisobida yutqazgandi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia