Superliga. Qur'a vaqti o'zgardi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2018, 10:20
Ertaga Superliganing ikkinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Dastlabki xabarga ko'ra, qur'a 28 avgust kuni soat 20:00da "Milliy" stadionda boshlanishi kerak edi.

Biroq so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, tadbir soat 22:00da boshlanadi. Hozircha bu borada rasmiy xabar chiqqani yo'q.

Qur'a jarayoni Sport telekanali orqali soat 21:45dan boshlab jonli ravishda efirga uzatiladi. Qur'a tashlash marosimida har bir klub bosh murabbiyi, sardori hamda jurnalistlar ishtirok etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia