Superliga. "Paxtakor" - "Dinamo" bahsi sanasi ham o'zgardi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024, 12:11
Superliga 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" o'yini 17 oktyabr kuni emas, 6 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

Mazkur masalada ikki klub o'zaro kelishuvga erishdi va mazkur kelishuv Liga rejalariga salbiy ta’sir ko'rsatmasligi inobatga olindi.

Superliga. "Dinamo" - "Bunyodkor" o'yini sanasi o'zgardi

"Paxtakor" 21 oktyabr kuni Elit Chempionlar ligasi doirasida "Al Shorta" mehmoni bo'ladi. Safardagi uchrashuv oldidan klub taqvimni engillashtirish taklifini kiritdi. "Dinamo" esa bunga monelik qilmadi.

5 oktyabr kuni O'zbekiston kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. 7 oktyabrda esa FIFA kunlari start oladi. "Paxtakor" va "Dinamo" kubok finaliga yo'l olmagani, ularga 6 oktyabr sanasida ham rasmiy uchrashuv o'tkazish imkoniyatini beradi.


O'zbek "El Klassiko"si va "Navbahor" - "Nasaf" bahsi qachon o'tkaziladi? Superliganing sentyabr oyi taqvimi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz