Superliga. "Navbahor" o'z maydonida "Lokomotiv"ni taslim qildi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2018, 22:10
Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng muhim vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


O'yinning 13-daqiqasida Azizbek Turg'unboevning jarimadan yo'llagan zarbasi xavfli lekin biroz noaniq chiqdi.

23-daqiqada burchak to'pidan so'ng Inyac zarba berdi, Payovich darvoza yonginasidan gol urdi - 1:0.

31-daqiqada Zoteevning zarbasini Ergashev egallab oldi. Keyingi daqiqada Botirali Ergashev yana bir ajoyib seyv namoyish etdi. 

49-daqiqada belgilangan penaltini Azizbek Turg'unboev aniq amalga oshirdi - 2:0.

51-daqiqada Nenad Inyacning kuchli zarbasini Nesterov ushlab oldi.

86-daqiqada Husniddin G'ofurov gol urishi mumkin edi, ammo birinchi zarbani Botirali Ergashev qaytardi, qaytgan to'p yana darvozaga yo'llandi. Bu safar to'p Nivaldoga tegib qaytdi. 


Superliga
3-tur
17 mart (shanba)
20:00 - “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:0
Hakamlar:
Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumaev (Navoiy), A.Rahimov (Andijon).
Nazoratchi – A.Arutyunov (Toshkent).

Gollar: Tomislav Payovich 23, - 1:0 (Nenad Inyac). Azizbek Turg'unboev 49 penalti, - 2:0 (Ayubxon No'monov)

"Navbahor": 1.Botirali Ergashev, 6.Oston O'runov (15.Azamat Allaniyozov, 78), 8.Ayubxon No'monov, 10.Azizbek Turg'unboev, 12.Nenad Inyac (9.Dilshod Jabborov, 65), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.A'zam Aliev (11.Zohir Pirimov, 90+2), 24.Davron Hoshimov, 32.Jahongir Mehmonov, 33.Tomislav Payovich, 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Ilhom Boydedaev, 17.Sardor Sulaymonov, 23.Behruz Sadilloev, 27.Ravshan Do'smatov, 68.Mirzohid Mamatxonov

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar Shoahmedov (19.Husniddin G'ofurov, 69), 27.Sardor Rashidov (6.Nivaldo, 54), 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Boburbek Yo'ldoshev, 8.Sherzod Karimov, 17.Salim Mustafoev, 18.Farhod Bekmurotov, 88.Igor Yelich, 99.Cho Suk Jae

Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 13, Davron Hoshimov 61, Islom To'xtaxo'jaev 82, Nivaldo 90+2.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia