Superliga. Kanchelskis ketgach "Navbahor" "Buxoro"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2019
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

Uchrashuvning 9-daqiqasida Shahzod Shaymanovning darvozaga bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

14-daqiqada mezbonlarning navbatdagi hujumlaridan birida "Buxoro" darvozaboni Xurshid Xo'jaev to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Shahzod Shaymanov darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi - 1:0.

17-daqiqada Shahzod Shaymanovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'ridan joy oldi - 2:0. 

Birinchi taym tugadi. 

52-daqiqada Azimjon Ahmedovning zarbasidan so'ng, to'pni "Buxoro" darvozaboni ushlab oldi. 

61-daqiqada Ivan Solovyovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 63-daqiqada Shahzod Shaymanovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

65-daqiqada "Buxoro" himoyachisi Vladimir Baenkoning zarbasi noaniq chiqdi. 69-daqiqada Ivan Solovyovning goli o'yindan tashqari holatda urildi, deb inobatga olinmadi.

73-daqiqada Asadbek Sobirjonovning zarbasiga aniqlik yetishmadi. 75-daqiqada Aleksandr Kasyanning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Xurshid Xodjaev ushlab oldi. 

87-daqiqada Ivan Solovyov mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni yiriklashtirdi - 3:0.

89-daqiqada mehmonlar penaltidan hisobni qisqartirishdi. 11 metrli jarima zarbasini Vladimir Baenko aniq amalga oshirdi - 3:1.

O'yinda "Navbahor" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.



NAVBAHOR – BUXORO 3:1
23 iyun 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30
Hakamlar:
Sherzod Qosimov, Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Shahzod Shaymanov 14, - 1:0. Shahzod Shaymanov 17, - 2:0. Ivan Solovyov 87, - 3:0. Vladimir Baenko 89 penalti, - 3:1.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Slavko Lukich, Azim Ahmedov (Zafar To'raev, 68), Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Abbos G'ulomov (Komiljon Tojidinov, 90+2), Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 85).
Zaxira: Dilshod Hamroev, Mirzohid Mamatxonov, Xojiakbar Yunusov, G'iyosjon Komilov, Ilhomjon Aliboev.

"Buxoro": Xurshid Xodjaev, Mirjalol Jumaev, Asadbek Sobirjonov, Jamoliddin Ubaydullaev (Azamat Isroilov, 84), Behruz Shodmonov, Rabbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Baenko, Jahongir Abdumo'minov, Artyom Kulesha, Doston Ibragimov (Akobir To'raev, 84).
Zaxira: Shohjahon Nasimov, Rahimjon Davronov, Tohirjon Shamsiddinov, Ohunjon Sayfiddinov, Akram Bahriddinov, Anvarjon Jo'raev, Mirfayz Muhiddinov. 

Ogohlantirishlar: Vladimir Baenko 55, Behruz Shodmonov 57,





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia