Superliga. Nasaf - Paxtakor: o'yingacha

Оқил Абдубарноев
7 may 2022
Bir necha soatdan so'ng Superliganing 7-turidan o'rin olgan Nasaf - Paxtakor uchrashuvi start oladi.


YANGILASH


O'yin haqida


Aziz Nuriy: "Nasaf" Cheran va A'zamovsiz qolgan "Paxtakor" darvozasiga kamida uchta gol kiritadi".

Zoir Tursunboev: "Ikkala jamoaning so'nggi o'yinlaridan kelib chiqib, "Nasaf"dan g'alaba kutaman".

Ravshan Haydarov: "Natija haqida bir nima deya olmayman. Lekin bugun yoshlar maydonga tushsa, qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz deb o'ylayman".

Usmon Toshev: "Agar so'nggi o'yinlarni tahlil qiladigan bo'lsak, bugungi o'yinda "Nasaf" minimal hisobda g'alaba qozonsa kerak".


Chipta narxlari

CIP sektor - 40 000 so'm

1-2-6-7-8 sektorlar - 20 000 so'm

3-4-9-10-11-12-13-14-15-16-17-18 sektorlar - 15 000 so'm

Vip chipta narxi - 60 000 so'm

Hozirgacha jamoalar 52 marotaba o'zaro to'qnash kelgan. Ulardan 31 tasida "sherlar" raqibini "g'ajigan" bo'lsa, 11 bahsda "ajdarlar" poytaxtliklarni "kulini ko'kka sovurishgan". Yana 10 ta o'yinda tomonlar murosaga rozi bo'lishgan.

O'zaro so'nggi 5 o'yinning 4 tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan bo'lsa, "Nasaf" kubok finalidagi zafari bilan esda qolgan.

Jamoalarning oxirgi umumiy 5 uchrashuvini yodga oladigan bo'lsak (OCHL bilan), "Nasaf" 2 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyatni qayd etgan bo'lsa, "Paxtakor" 1 g'alaba, 1 durang hamda 3 mag'lubiyat ko'rsatkichiga erishgan.

Ayni damda "Nasaf" chempionatda atigi 4 ta o'yin o'tkazganiga qaramay, 8 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. "Paxtakor" esa 5 o'yinda 11 ochko jamlagan holda 4-pog'onadan joy olgan.

"Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvi tez orada start oladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia