Superliga. Kuchli oltilikka kirgan 4ta klub aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2018, 10:32
O'zbekiston Superligasida birinchi bosqich yakunlanishiga bor yo'g'i uchta tur qoldi.

22-turdan so'ng jamoalar ikkiga bo'linishadi va ikkinchi bosqich o'yinlari start oladi.

Hozircha kuchli oltilikka kirishi aniq bo'lgan 4 klub ma'lum. Bundan tashqari kuchli oltilikka kira olmaydigan 2 klub nomi aniq.

"Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Navbahor" klublari oxirgi uchta turda qanday natija qayd etilsa ham kuchli oltilikni tark etishmaydi.

"So'g'diyona" va "Neftchi" klublari so'nggi uchta turda qanday natija qayd etilsa ham kuchli oltilikka kira olishmaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia