Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o'quv-seminarida ishtirok etishdi

Tolibjon Qosimov
22 dek 2017, 15:38
O'zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida tashkil etilgan maxsus o'quv-seminarda ishtirok etishdi.

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Assotsiatsiyasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o'rtasida imzolangan memorandum doirasida bo'lib o'tgan mazkur o'quv-seminari 2 kun davom etdi va unda “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o'zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo'llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog'lig'ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.
- Bunday seminar tashkil etilganidan juda mamnun bo'ldik. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari bizga sport tibbiyoti sohasidagi so'nggi yangiliklar hamda futbolchilarning sog'lig'ini nazorat qilish borasida kerakli tavsiyalarni berishdi. O'z malaka va ko'nikmalarimizni yanada boyitib olish imkoniga ega bo'ldik, - dedi “Lokomotiv” PFK bosh shifokori Abror Pirriev.


Takidlash joiz, 20–21 dekabr kunlari bo'lib o'tgan seminarda qatnashgan shifokorlar ertaga yurtimizga qaytib kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz