Superliga: Ikkinchi bosqichning dastlabki qismi taqvimi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018, 13:08
Xabaringiz bor, Superliganing ikkinchi bosqich uchrashuvlari uchun 28 avgust kuni qur'a tashlandi.

O'zbekiston professional futbol ligasi qur'a natijalariga ko'ra, xosil bo'lgan juftliklarning qaysi sanalarda uchrashuvlar o'tkazishini aniqlab chiqdi.

Unda bosh mezon sifatida milliy terma jamoamizning FIFA kunlaridan unumli foydalanayotganligi bois ushbu sanalarga yaqin bo'lgan kunlarga imkon qadar uchrashuv belgilamaslik principiga amal qilindi. Shuningdek, O'zbekiston kubogi uchun kurashni davom ettirayotgan klublarning Superliga bahslarida ham munosib kunda va hech qanday muammolarsiz uchrashuvlar o'tkazishi inobatga olindi. Qolaversa, har bir jamoaning bosh murabbiyi fikrlari birma-bir o'rganib chiqildi va yakunda hamma uchun birdek qulay bo'lgan sanalar belgilandi.

Hozircha e'tiboringizga, ikkinchi bosqichning birinchi qismi hamda O'zbekiston kubogi uchun belgilangan sanalarni e'lon qilamiz. Superliganing ikkinchi bosqich ikkinchi davrasi taqvimi O'zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari yakunlangach e'lon qilinadi.

 
23-tur
13 sentyabr, payshanba

“SO'G'DIYONA” – “QIZILQUM”
“QO'QON-1912” – “NASAF”
14 sentyabr, juma
“NAVBAHOR” – “PAXTAKOR”
“METALLURG” – “LOKOMOTIV”
15 sentyabr, shanba
“BUNYODKOR” – “BUXORO”
AGMK – “NEFTCHI”
 
O'zbekiston kubogi-2018
1/4 final
18 sentyabr, seshanba

“QO'QON-1912” – “QIZILQUM”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
19 sentyabr, chorshanba
AGMK – “MASH'AL”
“ANDIJON” – “BUNYODKOR”
 
24-tur
22 sentyabr, shanba

“NEFTCHI” – “NASAF”
“PAXTAKOR” – “BUXORO”
“QIZILQUM” – “QO'QON-1912”
23 sentyabr, yakshanba
“LOKOMOTIV” – “BUNYODKOR”
“NAVBAHOR” – “METALLURG”
AGMK – “SO'G'DIYONA”
 
27-28 sentyabr
O'zbekiston kubogi-2018
1/2 final

 
25-tur
2 oktyabr, seshanba

“SO'G'DIYONA” – “NEFTCHI”
“NASAF” – “QIZILQUM”
“BUXORO” – “LOKOMOTIV”
3 oktyabr, chorshanba
“QO'QON-1912” – AGMK
“METALLURG” – “PAXTAKOR”
“BUNYODKOR” – “NAVBAHOR”
 
8-16 oktyabr
FIFA KUNLARI

13 oktyabr, shanba
O'ZBEKISTON – KXDR
16 oktyabr, seshanba
O'ZBEKISTON – QATAR
 
26-tur
19 oktyabr, juma

AGMK – “NASAF”
“NEFTCHI” – “QIZILQUM”
“SO'G'DIYONA” – “QO'QON-1912”
20 oktyabr, shanba
“NAVBAHOR” – “BUXORO”
“METALLURG” – “BUNYODKOR”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
 
27-tur
23 oktyabr, seshanba

“NASAF” – “SO'G'DIYONA”
“QIZILQUM” – AGMK
“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”
24 oktyabr, chorshanba
“BUXORO” – “METALLURG”
“BUNYODKOR” – “PAXTAKOR”
“QO'QON-1912” – “NEFTCHI”
 
28 oktyabr, yakshanba
O'zbekiston kubogi-2018
FINAL

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia