Superliga hakamlari test-sinovlari topshirishmoqda

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2018, 11:01
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yurtimizdagi hakamlar saviyasini oshirish va futbol uchrashuvlarida sifatli hakamlikni taminlash uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, bugun Superligada ishtirok etayotgan bosh hakam va hakamlar yordamchilari Engil atletika federatsiyaga qarashli yugurish yo'lakchasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test-sinovlari topshirishdi.

Test-sinovlarini O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov va boshqarma mutaxassislari Baxtiyor Namozov hamda Bobur Haydarovlar olishdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida hakamlar Dukentda nazariy bilimlar bo'yicha imtihonlar topshirishadi. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar 30 iyunga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com