Superliga. "Bunyodkor" o'z maydonida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
2 apr 2026
Superliga 5-turidan joy olgan bahs yakunlandi.

Superliga

5-tur

"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 2:0

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Shavkat Rahmatov

Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov

VAR: Rustam Choriev

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 1:0 – 14, Boburbek Yo'ldoshev (Bilolxon Toshmirzaev), 2:0 – 44, Marko Bugarin

"Bunyodkor": 16.Federiko Botti, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 9.Matiya Krivokapich (47.Sadriddin Hasanov, 70), 15.Marko Bugarin, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov (11.Sardor Abdunabiev, 80), 23.Asadbek Rahimjonov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 66.Azizbek To'lqinbekov (10.AmirTo'raqulov, 90+3), 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olijonov, 27.Islom Anvarov, 33.Eldor Naimov, 88.Mirkamol Annamatov.

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (71.Lazizbek Mirzaev, 80), 10.Shodiyor Shodiboev (8.Bilol Tupliev, 64), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 18.Oleksandr Kucherenko, 23.Diyor Turopov (99.Muhriddin Zoirov, 90), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev (22.Sunnatilla Poyonov, 64), 45.Yovan Nishich (70.Muhammadali Reimov, 64).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev, 28.Shuhrat Muhammadiev

Ogohlantirishlar: Aleksandar Shushnyar (20), Matiya Krivokapich (40), Bilolxon Toshmirzaev (48), Samandarjon Mavlonqulov (57), Sardor Abdunabiev (83)

O'yin yakunlandi.

90+3.”Bunyodkor”da o'zgarish.

90.Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

90.”Lokomotiv”da o'zgarish.

87.Ivanoa tepgan to'pni Botti egalladi.

🟨83.Abdunabiev ogohlantirildi.

82.O'ng qanotdan oshirilgan to'pga Abdulloh Yo'ldoshev bosh bilan noaniq zarba berdi.

80.Ikki jamoada bittadan o'zgarish.

79.Abduxoliqovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi.

75.Zarba! “Lokomotiv” futbolchisi tomonidan yo'llangan zarba darvoza ustunidan qaytdi.

70.”Bunyodkor”da o'zgarish.

69.Toshmirzaevning jarimadan uzatmasini Kozlov qiyinchilik bilan qaytardi.

64.”Lokomotiv”da uch o'zgarish.

61.Nurulloevning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

🟨57.Mavlonqulovga sariq kartochka ko'rsatildi.

53.Turopovning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

51.Toshmirzaev kichik jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

🟨48.Toshmirzaev havodagi to'p uchun kurashda raqibiga fol ishlatgani uchun ogohlantirildi.

📣46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.

📣Taym yakunlandi.

45.Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqib, qarorini o'zgartirmadi. Gol inobatga olindi.

⚽️44.GOL! "Bunyodkor" hisobdagi farqni oshirdi! Yana standartdan boshlangan hujumni bu safar Bugarin ishonchli yakunlandi.

🟨40.Krivokapich Kucherenkoga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

36.Zarba! Abduxoliqovning zarbasi darvoza ustunidan qaytdi, qaytgan to'pni Turopov darvozaga to'g'rilay olmadi.

34.Zarba! Ivanovning jarimadan yo'llagan zarbasini Botti qaytardi.

32.Markazda mezbonlar fol ishlatdi.

26.Mehmonlarning standarti samarasiz yakunlandi.

🟨20.Shushnyar Krivokapichni yiqitib, so'ngra etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

18.Zarba! Mavlonqulovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

18.Mehmonlarning burchak uzatmasi Kucherenkoning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

⚽️14.GOL! Toshmirzaevning jarimadan uzatmasini Yo'ldoshev bosh bilan "Lokomotiv" darvozasiga to'g'riladi!

IMG_20260402_193316.jpg

13.Mezbonlarning o'ng qanotdan uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Kozlov o'z o'rnida.

10.Zarba! Zoteev tomonidan yo'llangan zarbani Botti ikkinchi urinishda egalladi.

8.Uchrashuvda birinchi o'zgarish: to'p almashtirildi.

4.Yo'ldoshev raqib hujumini qaytarishda faollik ko'rsatdi.

📣1.O'yin boshlandi. “Bunyodkor” to'q ko'k, “Lokomotiv” oq rangli liboslarda harakat qiladi.

photo_2026-04-02_20-23-14.jpgphoto_2026-04-02_20-23-24.jpg


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia