Superliga. Bugun chempion aniqlanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
26 noya 2018, 08:35
Bugun Superligada 31-turdan o'rin olgan so'nggi uchrashuv o'tkaziladi.

Toshkentda "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Mazkur bahsda "Lokomotiv" g'alaba qozonsa yoki durang o'ynasa muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtiradi. Xattoki kichik hisobdagi mag'lubiyat ham "temiryo'lchilar"ni chempionga aylantiradi. Sababi "Paxtakor" maydonida o'tgan o'zaro o'yinda 1:3 hisobi qayd etilgan. "Lokomotiv" agar uchta to'p farqi bilan yutqazsagina bugun chempion bo'la olmaydi.

 

Superliga, 31-tur
26 noyabr, dushanba
18:00 “LOKOMOTIV” - “PAXTAKOR”

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia