

"Neftchi" o'z maydonida Samvel Babayan boshchiligidagi "Andijon"ni qabul qiladi. Bu ikki jamoa ayni kunga qadar Farg'onada 26 marotaba to'qnash kelgan. Bu uchrashuvlarda 21 bor mezbonlarning qo'li baland kelgan, 3 ta bahsda durang kuzatilgan, 2 ta o'yinda "burgutlar" g'alabani o'ziniki qilgan.
"Andijon" "Neftchi"dan oxirgi marta safarda 2016 yilgi mavsumda ustun kelgan. Farg'onadagi so'nggi 3 o'yinning 2 tasida durang, 1 tasida maydon egalari 3 ochkoli bo'lgan.
Superliga-2016
19-tur
19.08.2016. "Istiqlol" stadioni
"Neftchi" – "Andijon" 1:2
Gollar: Mansur Saidov – Farhod Bekmuratov, Shukurali Po'latov
"Neftchi": O'tkir Yusupov, Dilyorbek Irmatov, Shukurali Po'latov, Sardor Rahmonov, Anvarjon G'ofurov, Mansur Saidov, Sherzod Hakimov, Abbos Maxstaliev, Muhsin Ubaydullaev, Umid Qodirov, Nikita Pavlenko.
"Andijon": Akmal Tursunboev, Daniel Ilesku, Obid Jo'raboev, Azamat Isroilov, Bobir Akbarov, Ibrohim Otaxonov, Pavel Smolyachenko, Elman Tagaev, Dilshod Jo'raev, Farhod Bekmuratov, Ro'zimboy Ahmedov.
Ma'lumot uchun, o'yin ertaga 19:00 da "Istiqlol" stadionida boshlanadi.



