Lutfulla To'raevning supergoli AGMKni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
20 apr 2019, 19:07
Superliganing 5-turidan o'rin olgan AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.



Superliga, 5-tur
20 aprel, shanba
AGMK – BUNYODKOR 0:1
Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Ruslan Serazitdinov, Timur Gaynullin, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov.
Komissar: Zohirbek Akramxonov.

Gol: Lutfulla To'raev 39, - 0:1.

AGMK: Akbar To'raev, Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov, 67), Dilshod Jo'raev, Sanat Shixov, Zafar Polvonov (Jasurbek Hakimov, 75), Zohir Pirimov (Kamron Saidazimov, 46), Jasur Hasanov, Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sherzod Fayziev, Boburbek Yuldashov.
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Murodjon Toshmatov, Mirg'iyos Sulaymonov, G'ulom Haydar G'ulomov, Sardor Rahmonov, Shahboz Umarov.

"Bunyodkor": Murotjon Zuhurov, Islomjon Qobilov, Anvar G'ofurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Jasur Jaloliddinov (Abdulla Abdullaev, 67), Xurshid G'iyosov, Javohir Qahramonov (Ulug'bek Abdullaev, 82), Lutfulla To'raev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov.
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Sergey Proxorov, Boburbek Farhodov, Vladislav Nuriev, Sanjar Rihsiboev, Suhrob Izzatov, Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Sanat Shixov 31, Mirjahon Mirahmadov 43, Boburbek Yuldashov 85, Jasur Hakimov 90+1.


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90+4. O'yin tugadi. "Bunyodkor" g'alaba qozondi

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AGMK hisobni tenglashtirgandi, ammo darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatilgani uchun gol inobatga olinmadi 

90+2' O'zgarish. "Bunyodkor". Xurshid G'iyosov o'rniga Bobur Farhodov tushdi

90+1' Ogohlantirish. Jasur Hakimov

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

87. ZARBAAAAAAAAAA! Shahzodbek Nurmatovning kuchli zarbasini Zuhurov qiyinchilik bilan qaytardi

85' Ogohlantirish. AGMK. Bobur Yuldashov

82. O'zgarish. "Bunyodkor". Javohir Qahramonov o'rniga Ulug'bek Abdullaev

75' O'zgarish. AGMK. Zafar Polvonov - Jasur Hakimov

73. Bugun OKMK sport majmuasida 1420 nafar muxlis tashrif buyurgan.

72. Xavfli vaziyat! Maydonga tushgan Shahzodbek Nurmatov ikkinchi bor qulay imkoniyatga ega bo'ldi, uning zarbasi yo'liga Islom Qobilov to'g'anoq bo'ldi

69. Xavfli vaziyat! Jasur Hasanov burchak to'pini amalga oshirdi, Dilshod Jo'raevning boshi bilan zarbasi noaniq ketdi

68. ZARBAAAA! Jasur Hasanov jarima to'pini amalga oshirdi Nurmatovning boshi bilan yo'llagan zarbasini Zuhurov qaytardi

67. O'zgarish. AGMK. Mirjamol Qosimov o'rniga Shahzodbek Nurmatov tushdi

66. O'zgarish. "Bunyodkor". Jasur Jaloliddinov o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi

54. O'yin maydon markazida davom etmoqda.

50' Xavfli zarba. Mirahmadovning jarima maydoni ichida yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi

46' O'zgarish. AGMK. Zohir Pirimov - Kamron Saidazimov


45+1. Birinchi taym tugadi.

44' Xavfli vaziyat. Dilshod Jo'raevning 22 metrlardan yo'llagan zarbasini Zuhurov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

43' Ogohlantirish. Mirjahon Mirahmadov.

41' Qosimovning zarbasini Zuhurov ushlab oldi.

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUTFULLA TO'RAEV 0:1. SUPERGOL! Jarima to'pidan tajribali futbolchi gol urdi.



36. ZARBAAAA! Zohir Pirimov tezkor qarshi hujumdan keyin zarba berdi, noaniq

32. OKMK maydoni ideal holatda, lekin yomg'ir baribir o'z ta’sirini ko'rsatyapti. Futbolchilar to'pni to'xtatishda qiyinchilikka duch kelishyapti.

31' Ogohlantirish. Sanat Shixov.



30' Xavfli vaziyat. Burchak to'pidan keyin futbolchilarimizda darvozani ishg'ol qilish imkoniyati bo'ldi. Mirahmadovning bosh bilan yo'llagan zarbasini himoyachilar bartaraf etdi.

27. Xavfli vaziyat. "Bunyodkor"ning xavfli hujumi. Xurshid G'iyosovning zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi

20. Maydonda hozircha teng kurash davom etmoqda



14. Olmaliqda kuchli yomg'ir yog'moqda. Bu albatta futbolchilarga xalal berishi turgan gap

9. ZARBAAAAAAAAAAAA! Mirahmadovning zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonga qaytdi.

5. Chap qanotda belgilangan jarima to'pini G'iyosov jarima maydoni ichiga yo'lladi, himoyachilar xavfni bartaraf etdi.



1. O'YIN BOSHLANDI, 

- O'yin soat 17:15da boshlanadi.

YANGILASH

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia