

Mazkur tur uchrashuvlari bo'yicha tahlillarga Bobur Haydarov, Farhod Abdullaev, Valentin Kovalenko hamda Jahongir Saidov boshchilik qildi.
Yig'ilish davomida quyidagi uchrashuvlarda yuzaga kelgan vaziyatlar batafsil ko'rib chiqildi:
"Navbahor" – "Mashal"
OKMK – "Surxon"
"Qizilqum" – "So'g'diyona"
"Andijon" – "Navbahor"
"Qo'qon-1912" – "Nasaf"
"Neftchi" – "Paxtakor"






Epizodlar yuzasidan hakamlarning qarorlari muhokama qilinib, ayrim vaziyatlar bo'yicha tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Taqdim etilgan ma'lumotda bahsli vaziyatlarda hakamlar xatoga yo'l qo'ygan-qo'ymagani va ularga nisbatan qandaydir chora ko'rilish-ko'rilmasligi haqida hech qanday rasmiy izoh berilmagan.



