Superliga 2024/25 yilgi mavsumdan boshlanishi rejalashtirilmoqda

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022
Yevropa Superligasini ikki-uch yil ichida yo'lga qo'yiladi.

Bu haqda loyihaning yangi bosh direktori Bernd Rayxart ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, 2024/25 yilgi mavsumdan boshlagadigan yangi turnir istiqbolli ko'rinmoqda.

Bugungi kunga kelib, 12 ta asoschi klubdan faqat "Real", "Barselona" va "Yuventus" hamon Superliganing ishga tushirilishini faol qo'llab-quvvatlamoqda.

Oktyabr oyi boshida loyiha asoschilari Yevropa klublari bilan yangi musobaqa formatini muhokama qilishlari haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Financial Times