Superliga-2018. Braziliyalik futbolchi to'purarga aylandi

Narzulla Saydullayev
30 noya 2018, 17:59
2018 yilgi Superliga bahslari o'z yakuniga etdi.

Mavsum davomida 17ta gol urgan "Paxtakor" a'zosi Tiago Bezerra Superliga to'purari bo'ldi. Ikkinchi o'rinni uning jamoadoshi Ismoil Gonsalvesh egalladi - 16ta gol. "Lokomotiv" vakili Marat Bikmaev 14ta gol urib to'purarlar poygasida uchinchi o'rinni egalladi.

O'tgan mavsum "Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev 27ta gol bilan to'purar bo'lgan edi. Umuman olganda beshinchi bor xorijlik futbolchi O'zbekiston chempionatida to'purar bo'ldi.

Xorijlik to'purarlar ro'yxati:

2009 - Rivaldo 20ta gol (Braziliya)
2011 - Milosh Trifunovich 17ta gol (Serbiya)
2013 - Oleksandr Pishur 19ta gol (Ukraina)
2014 - Artur Gevorkyan 18ta gol (Turkmaniston)
2018 - Tiago Bezerra 17ta gol (Braziliya)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia