

O'tkazilgan 7 o'yindan oltitasida mehmonlar g'alabani tantana qilishdi. Faqatgina Navbahor mezbonlar ichida yutuqqa erishdi.
Tur ramziy jamoasiga kirishga munosib va loyiq futbolchilar o'rtasida ham o'ziga xos raqobat va tanlov yuzaga keldi. Sayt tahririyati esa ilk turni har taraflama yaxshi va sifatli o'tkazgan futbolchilardan tashkil topgan o'nbittalikni tuzib chiqdi.
Ramziy jamoa tuzilishida jamoalarning asosiy qismi foydalanayotgan 4-3-3 taktik sxemali joylashuvidan kelib chiqib, har bir poziciyaga o'sha nuqta vakillarini qo'ydi.
Unga ko'ra, eng ko'p vakil tabiiyki turni bezab bergan markaziy o'yinda amaldagi chempionni mag'lub etgan Olimpik (3) jamoasidan bo'ldi. Neftchi, Andijon va Navbahordan esa 2tadan futbolchi o'rin oldi. Shuningdek, Buxoro va OKMKdan bittadan futbolchi tanlandi. Faqatgina g'alaba qozonganlar ichidan Bunyodkor jamoasining hech bir a'zosi ramziy jamoadan o'rin olmadi.
Superliganing 1-tur ramziy jamoasi
Darvozabon: Eldor Adhamov
Himoya: Umar Adhamzoda (Neftchi), Ildar Mamatkazin (Andijon), Igor Golban (Navbahor), Mirzohid G'ofurov (Neftchi)
Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo'riev (Olimpik), Jamshid Boltaboev (Navbahor), Humoyunmirzo Iminov (Buxoro)
Qanot vingerlari: Shohruh Gadoev (OKMK), Ruslan Jiyanov (Olimpik)
Hujumchi: Alisher Odilov (Olimpik)




