Superkubokkacha. Eng tezkor gol muallifini bilasizmi?

Iskandarov Abdulaziz
23 fev 2022, 13:00
O'zbekiston Superkubogiga oid turli faktlarni berishda davom etamiz.

Shu kungacha tashkillashtirilgan oltita uchrashuvda darvozalarga 16ta to'p kiritilgan. Mamlakat Superkubogidagi eng tezkor gol Temurxo'ja Abduxoliqovga tegishlidir. 2019 yil "Paxtakor" stadionida "Lokomotiv" - AGMK to'qnash kelishgan. Temurxo'ja mazkur bellashuvning 12-daqiqasidayoq olmaliqliklar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan edi. Yakunda esa "temiryo'lchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonib bosh sovringa ega chiqishganini aytib o'tish darkor. 



Keyingi o'rinni Shuhrat Rahmonqulov band etib turibdi. 1999 yilgi O'zbekiston Superkubogi bahsida "Navbahor" safida o'yinning 20-daqiqasida "Paxtakor" darvozasiga yo'l topgan. Temurxo'ja Abduxoliqovga qadar mazkur rekord aynan Rahmonqulovga tegishli bo'lib turgandi.



Ko'ramiz yurtimiz tarixidagi ettinchi Superkubok uchrashuvida yuqoridagi rekordlar yangilanadimi?

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia